Hisobot yigʼilishi
Qashqadaryo viloyati IIBda tizimning tergov idoralari xodimlari tomonidan joriy yilning I choragida amalga oshirlgan ishlar yakuniga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi.
Yigʼilishni viloyat IIB boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik X.Аtanazarov ochib, tergov idoralari xodimlarining tomonidan amaldagi yilning oʼtgan davrida amalga oshirilgan ishlar, faoliyatda erishilgan yutuqlar bilan birga yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar atroflicha muhokam etildi. Аyniqsa, tergov harakatlaridan norozi boʼlib yozilayotgan ariza va shikoyatlar koʼpayganligi, tergov boshliqlari qoʼl ostidagi xodimlarning nazoratini kuchaytirishi, kelgusida shunday holat takrorlangan taqdirda aybdor xodimlarga nisbatan qattiq intizomiy jazo choralari qoʼllanilishi haqida ishtirokchilar ogohlantirildi.
Bunday holatlarning oldini olish maqsadida mintaqaviy masʼullar kadrlar guruhi bilan biriktirilgan hudud tergovchilari va surishtiruvchilarining ish faoliyati bilan doimiy ravishda tanishib, nazorat qilishlari kerak. Xodimlar ustidan kunlik idoraviy va protsessual nazoratni kuchaytirish, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, tamagirlik qilmaslik, fuqarolar bilan xushmuomalada boʼlish, ular bilan noqonuniy muloqotlarga kirishmaslik, yangi chiqayotgan qonun, qonunosti hujjatlarini oʼqib-oʼrganish, xodimlarning bilim saviyasini doimiy ravishda oshirib borishi lozim.
Tergovchi va surishtiruvchilar qonun ustuvorligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish, har bir jinoyatga jazo muqarrarligini taʼminlash hamda sodir etilgan jinoyatlarni “issiq” izidan fosh etish, jinoyat ishlarini protsessual qonun asosida har tomonlama toʼliq sifatli tergov qilish, jinoyatning sabablari, uni sodir etishga imkon bergan shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan choralarni koʼrish tergov idoralarining asosiy vazifasidir. Tergov boʼlinmalari xodimlaridan faoliyatda ijobiy natijalarga erishganlari ragʼbatlantirib borilishi aytib oʼtildi.
Yakunda tizimda amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, tergovchi va surishtiruvchilarningsh bilimi hamda amaliy tajribasini oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.