17 May 2021 yil
507
Himoya orderi - huquqlar kafolati
Shahrisabz shahar IIB HPB XQMB katta inspektori leytenant H.Kamolova, 40/-sonli HTM profilaktika inspektori leytenant А.Hamdamov va “Navroʼz” MFY vakillari bilan hamkorlikda mahallada yashovchi ayol X.D. ga himoya orderi berildi. Bunga ayolning turmush oʼrtogʼi А.D. doimiy ravishda spirtli ichimlik isteʼmol qilib, xotiniga tazyiq oʼtkazib kelgan. Tomonlar ishtirok etgan tadbirda himoya orderi va uning talablarini bajarish borasida tushuntirish ishlari olib borildi. Mabodo qoidalar buzilsa, yuzaga keladigan javobgarlik masalasi atroflicha tushuntirildi.