1047,2 GRАMM “GАSHISH” VА 4,8 GRАMM “OPIY” TOʼXTАTIB QOLINDI
Mamlakatmizda giyohvandlik moddalari va vositalariga qarshi keskin kurash olib borilmoqda. Bu boradagi ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida har yili mamlakatimizda “Qoradori” tekor profilaktik tadbiri oʼtkazib kelinmoqda. Аyni kezlarda qizgʼin pallaga kirgan “Qoradori-2021” tadbiri davomida bir guruh ogʼufurushlarning kirdikorlari fosh etildi.
Fargʼona viloyati Uchkoʼprik tumanida yashovchi I.M 2021 yil 11 avgust kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumaniga mehmonga boradi. Maqsad esa mehmondorchilik bahona tanishi U.N. bilan uchrashib, 1047,2 gramm “gashish” hamda 4,8 gramm “opiy” giyohvandlik vositalarini oladi. Ushbu giyohvandlik vositalarini Fargʼona viloyatining Qoʼqon shahriga olib borib, U.N. ga berishni koʼzlagan I.M. yoʼlga chiqadi. 2021 yil 12 avgust kuni I.M. boshqaruvida boʼlgan “Damas Van-2” rusumli avtomashinasida “Surxondaryo-Qashqadaryo” yoʼnalishida harakatlanib kelayotgan vaqtida Chiroqchi tumanida joylashgan “Umakay” YPX maskanida toʼxtatildi. M.I. boshqaruvidagi “Damas Van-2” rusumli avtomashina saloni xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganda, qishloq xoʼjaligi maxsulotlari solingan qoplar ustida turgan elektron tarozining koʼrsatkich qismi(tablosi)da 5 dona oq rangli yelim paket boʼlaklarga oʼralgan, oʼtkir hidli giyohvandlik moddasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Haydovchi M.I.dan mazkur jinoyatga aloqador boshqa ashyolar bor-yoʼqligi soʼralganda, oʼz ixtiyori bilan avtomashinaning rul qismi va old oʼrindigʼi tagidan oʼtkir hidli giyohvandlik moddasiga oʼxshash moddalarni olib taqdim etgan.
M.I.dan olingan “gashish” giyohvandlik vositasining ogʼirligi 1047,2 grammni, “opiy” giyohvandlik vositasining ogʼirligi esa 4,8 grammni tashkil etdi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.