2 Iyun 2020 yil 712

Hech qachon oʼzganing mulki boshqaga buyurmas

Chiroqchi tumani Chorvador MFY Gujuma qishlogʼida yashovchi O.S Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Ishonch telefoniga ariza bilan murojaat qilib, unda Nishon tumani Obod MFYda yashovchi Sh.L unga 2018 yil 24-dekabr kuni oʼziga tegishli “Neksiya” rusumli 70 W 724 MА davlat belgili avtomashinasini boʼlib-boʼlib toʼlab berish sharti bilan 35.000.000 soʼmga savdolashib, 2019 yil noyabrь oyiga qadar undan jami 20.000.000 soʼm pullarini olib, ammo kelishilganidek unga ishonchnoma rasmiylashtirib bermaganligi sababli S.O toʼlovni toʼxtatganligini bahona qilib, undan avtomashinani tortib olib qoʼyib, boshqa shaxsga 20.000.000 soʼmga sotib yuborganligini bildirgan. TIIB TB tomonidan holat yuzasidan Oʼz.R JKning 168-m 1-q bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech