3 Aprel 2020 yil 819

Hayvonot va oʼsimlik dunyosi muhofaza ostida

Muborak tumani IIBga 2020 yil 01 aprelь kuni tushgan xabarga koʼra, 2020 yil 31 yanvarь kuni soat 06:00 lar chamasida Muborak tumani Yangiqoraqum qishlogʼi xududidan oqib oʼtuvchi zovur (kollektor)da, Muborak tumani Qorabogʼ qishlogʼida yashovchilar N.B.K, O.B.B. va U.N.R.lar baliq ushlash va noyob hayvonlarni tutishning beligilangan tartibini buzib, oʼzlari bilan olib borgan turlardan ov quroli sifatida foydalanib, Oʼzbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga kiritilgan 23 dona 35.903.000 soʼmlik “Turkiston moʼylovdori” baliqlarni va 23 dona 7.225.200 soʼmlik “Samarqand xramulya” baliqlarni ov qilishi natijasida tabiatga, hayvonot dunyosiga jami boʼlib 43.128.200 soʼm zarar yetkazishgan. Mazkur xolat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan N.U. va boshqalarga nisbatan Oʼz.R JKning 202-m 3-q “j” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgatilib. Dastlabgi tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech