1 Avgust 2024 yil 664

Xavfsizlikni ta’minlash - dolzarb vazifa

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov huzurida Qarshi shahrida kriminogen vaziyatni jilovlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, Qarshi shahar IIO FMB rahbariyati, shahardagi  dehqon va oziq-ovqat, kiyim-kechak bozorlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘i aholi gavjum to‘planadigan maskanlar, bozorlar va uning atrofida qonunbuzarliklarga barham berishda bozor mas’ullari ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda nazorat-kuzatuv ishlarini kuchaytirishi, jinoyatlarni oldini olish uchun do‘konlarga va bozor hududiga yana qo‘shimcha videokuzatuv va kameralar o‘rnatib, viloyat IIB markazlashgan integratsiya tizimiga ulash  lozimligini ta’kidladi.

Yakunda jamoat joylarda tartibni saqlash, xavfsizlikni ta’minlash borasida ishtirokchilarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Text to speech