26 Avgust 2024 yil 285

“Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi”

Nishon tuman IIBda mustaqilligimizning 33 yilligi bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar hamda jinoyatlarni oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Qashqadaryo viloyati IIB, Nishon tuman IIB shaxsiy tarkibi hamda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘yicha mas’ullar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Rustamjon Do‘stmatov ochib, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar hamda jinoyatchilikning oldini olish ishlarini samarali tashkil etish, “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” maxsus profilaktik tadbiri davomida mahallalar, turar va noturar joy obyektlari, hududda yashovchi aholi, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar, ijtimoiy profilaktika obyektlari, jinoyat ko‘p sodir etiladigan yo‘nalishlar - kriminogen vaziyat barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorligini kuchaytirish lozimligini ta’kidladi. 

Tadbir doirasida joylarda muqaddam sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish, profilaktik hisobda turgan, muqaddam sudlanganlar va Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlarni kuchaytirish, olib borilayotgan mavsumiy tadbirlarda yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlash borasida ham mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Text to speech