"Xavfsiz hudud - dolzarb 50 kun " profilaktik tadbiri doirasida Muborak tumanida joylashgan favqulodda holatlarda xizmat ko‘rsatuvchi harbiylashtirilgan tashkilotda "Biz zo‘ravonlikka qarshimiz" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Muborak tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektori leytenant A.Sayfiyev, XQMB katta inspektori, kapitan H.Kamolovalar xotin-qizlar tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish, O‘zbekiston Respublikasining "Xotin qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida" gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Qaroriga ko‘ra tashkil etilgan “Himoya orderi”ni rasmiylashtirish asoslari, majburiyatlari to‘g‘risida ma’ruzalar qilishdi.
Tadbirda mamlakatmizda xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularni huquq va erkinliklari bo‘yicha tushunchalar berildi.
Yakunda "Ayollarga qarshi zo‘ravonlikka qarshimiz", “Oilaviy zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yma”, “Zo‘ravonlikka qarshi bo‘l” shiori ostida chellendj o‘tkazildi.