23 Fevral 2024 yil 297

Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Farrux Tairov Shahrisabz tumani "Xalqobod" MFYda istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlar bilan uchrashdi

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Farrux Tairov Shahrisabz tumani "Xalqobod" MFYda istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlar bilan uchrashdi. Mahalla yettiligi bilan uyushmagan yoshlarning muammolarini o‘rganib, ularda yechish choralarini ko‘rdi. Yoshlarni bandligini ta’minlash bo‘yicha mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, yo‘riqnomalar berdi.

Bundan tashqari, mahallada joylashgan 74-maktabning 9-11-sinf o‘quvchilari, ularning ota-onalari ishtirokida yoshlar bilan suhbatlashdi. Ochiq muloqot ruhida kechgan tadbirda o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlariga qatnashishi, bo‘sh vaqtlarda qo‘shimcha fan va sport to‘garaklariga qatnashayotgani bilan qiziqib, tegishli mutasaddilarga shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Text to speech