Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Farrux Tairov Shahrisabz tumani 3-sektoridagi "Xalqobod" mahallasi mas’ullari ishtirokida otaliqqa olingan yoshlarning yashash xonadonlariga bo‘lib muammolarini o‘rgandi
Qashqadaryo viloyat IIB
boshlig‘ining o‘rinbosari - Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i
polkovnik Farrux Tairov Shahrisabz
tumani 3-sektoridagi
"Xalqobod" mahallasi mas’ullari ishtirokida otaliqqa olingan
yoshlarning yashash xonadonlariga bo‘lib muammolarini o‘rgandi. Aniqlangan
muammolarga yechim topish bo‘yicha mahalla yettiligi va mas’ullarga
topshiriqlar berildi. O‘rganishlar davomida ishlash va boshqa maqsadlarda chet
elga ketgan yoshlarning yaqin qarindoshlari bilan suhbatlashilib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, jumladan,
yangidan joriy etilgan tartibga ko‘ra, yoshlarga eksportbop oziq-ovqat
mahsulotlari yetishtirishlari uchun yer ajratish tartibining
soddalashtirilganligi, mahalla yettiligi tavsiyasi asosida auksion savdolarida
qatnashish tartibi joriy etilganligi tushuntirildi.
So‘ngra, "Xalqobod" mahallasidan otaliqqa olingan jami 384 nafar,
shu jumladan 164 nafar maktab o‘quvchilarining
muammolarini o‘rganish davomida bildirilgan takliflar asosida harakatlar
rejasi ishlab chiqildi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.