23 Oktyabr 2023 yil 1858

Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Bugungi kunda yurtimizga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlar xavfsizligini ta’minlash, hushyorlikni yanada oshirish, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish ustuvor vazifalardan biri.

Bu borada Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Bunda asosiy e’tibor, hukumat delegatsiyalari, chet el ommaviy axborot vositalari xodimlari, xorijiy va mahalliy sayyohlar xavfsizligini ta’minlash, mehmonlarni kutib olish, ularni joylashtirish vositalari, turistik yo‘nalishlar bo‘ylab joylashgan ovqatlanish shoxobchalari, do‘konlar, turistlar tashrif uyushtirishi ko‘zlangan madaniy meros obidalari, muzeylar, boshqa sayyohlik namoyishi obyektlari va ularga tutash hududlarda jamoat tartibi namunali saqlanmoqda.

Natijada joriy yilning o‘tgan davrida Shahrisabz shahridagi “Oqsaroy” xiyoboniga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlar xavfsizligini ta’minlanib, ko‘ngilsiz holatlarning oldi olinmoqda.

Text to speech