3 Noyabr 2021 yil 303

"Xavfsiz tun" tadbiri uyushqoqlik bilan oʼtkazilmoqda

Viloyatda “Xavfsiz tun” tadbiri doirasida tunu kun xizmat olib borayotgan ishchi guruh aʼzolariga huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish va roʼy berganlarini “issiq izlar”da fosh etish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida tushunchalar berildi.
“Nasaf” oʼyingohida boʼlib oʼtgan yigʼinda xodimlarning xizmatga shayligi koʼzdan kechirilib, kasbiy va jangovar tayyorgarligini oshirish borasida tegishli takliflar, ichki ishlar organlari xodimlari faoliyat davomida xizmat intizomi va qonunchilikka soʼzsiz rioya etishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalada boʼlishi, eng muhimi, odamlarda soha xodimlariga boʼlgan eʼtibor va ishonchni yoʼqotmaslik boʼyicha tegishli yoʼriqnoma berildi.

Qashqadaryo viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan reyd tadbirlari davomida, mast holda avtomashina boshqarib kelayotgan hamda qoʼpol ravishda qoidabuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan tegishli tartibda chora koʼrilmoqda

Text to speech