29 Oktyabr 2022 yil 357

“Xavfsiz talaba.IIV”

Qarshi irrigatsiya va agro texnologiyalari institutida “Xavfsiz talaba.IIV” elektron tizimini joriy qilish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda IIV ishchi guruh a’zolari, Qarshi davlat universiteti,Qarshi irrigatsiya va agro texnologiyalari instituti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali rektorlari, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullari, oliygohlar profilaktika inspektorlari va tyutorlar ishtirok etdi.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti huquqbuzarliklar profilaktika xizmati Yoshlar bilan ishlash bo‘limi rahbari, podpolkovnik Sherzodbek Pardaev “Xavfsiz talaba.IIV” elektron tizimining ishlash mexanizmlari va qanday vazifa bajarishi borasida to‘liq ma’lumotlar berdi.

Uchrashuv yakunida yig‘ilish qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javob berildi.

Text to speech