“Xavfsiz hayot uchun birlashaylik”
Ichki ishlar vazirligining tegishli ko‘rsatmasiga asosan, Qarshi shahrida viloyat ichki ishlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, uyushmagan yoshlar, keng jamoatchilik vakillari bilan “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” shiori ostida ommmaviy yugurish marafoni tashkil etildi. Fuqarolarda sog‘lom turmush tarzini kuchaytirish, jamiyatda yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, muntazam sport bilan oshno tutinishini targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan marafonda ertalab ishtirokchilar jam bo‘lishdi.
Qarshi olimpiya va paralimpiya zahiralari maktabi oldidan marafon ishtirokchilariga 3000 metr masofaga start berildi.
Viloyat yoshlari ishtirok etgan marafon viloyat musiqali drama teatri maydonida nihoyasiga yetdi.
Ommaviy yugurish marafonida 1-o‘rinni Qarshi tumanidan Eshonqulov Jaxongir qo‘lga kiritdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni G‘aniyev Asadbek va Maxmudov Shaxzod band etdi.
Xotin-qizlar ham ishtirok etgan yugurish musobaqasida 1-o‘rinni Sulaymonova Sevara band etdi. 2-o‘rinni esa Yuldosheva Shaxzoda va 3-o‘rinni Otamurodova Sevinch qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar diplom, medal, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Yakunda ishtirokchilar uchun ommaviy konsert dasturi namoyish etildi.