8 Yanvar 2025 yil 408

“XAVFSIZ SHAHAR” PROFILAKTIK TADBIRLARI KUCHAYTIRILGAN TARTIBDA O‘TKAZILMOQDA

Qarshi shahrida kriminogen vaziyatni jilovlash, jinoyatlarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida tungi xizmatga jalb etilgan ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari xodimlariga Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Rajapov va viloyat prokurori o‘rinbosari Muxiddin Baxriddinov xizmat oldi yo‘riqnoma berdi.
Tungi xizmat oldi Yo‘riqnomada “Xavfsiz shahar” profilaktik tadbiri davomida savdo do‘konlari, bozorlar, odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda qonunbuzarliklarni oldini olish hamkor xizmatlar bilan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.
O‘rganishlar davomida shaharning odam gavjum to‘planadigan maskanlarida xizmat qilayotgan xodimlarga kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda jinoyatlarning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida maxsus reyd tadbirlari uyushtirib, ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish topshiig‘i berildi.
So‘ngra, ishchi guruh “Hududgaz” Qashqadaryo gaz ta’minot filiali Qarshi shahar gaz ta’minoti bo‘limida bo‘lib, aholini uzluksiz gaz ta’minoti bilan ta’minlash chora-tadbirlari, favqulodda holatlarni bartaraf etuvchi guruhning shayligi, dispetcherlik xizmati tomonidan nazorat ishlarining amalga oshirilishini o‘rgandi.
Qarshi shahar 3-son markaziy qozonxonasida esa xonadonlarni issiqlik bilan me’yorda ta’minlashning ahvoli hamda favqulodda yuz bergan holatlarni bartaraf etish borasidagi holatlar ko‘zdan kechirildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech