5 Dekabr 2024 yil 460

“Xavfsiz shahar” dasturiy platformasining imkoniyatlari hamda undan foydalanishda axborot xavfsizligi talablari" mavzusida o‘quv seminari

Qashqadaryo viloyati IIBda IIV "Xavfsiz shahar" markazi mas’ul xodimlari tomonidan  “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimlarini yaratish va rivojlantirish konsepsiyasining mazmuni va mohiyati,  tizimning yagona apparat-dasturiy platformasi, uning imkoniyatlari, hamda undan foydalanishda axborot xavfsizligi talablari" mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Viloyat IIB rahbariyati, sohaviy va hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari ishtirok etgan tadbirda joylarga o‘rnatilgan kuzatuv kameralarining qoidabuzarlik va jinoyatlarni aniqlash va oldini olish borasidagi imkoniyatlari, markaz orqali qonunbuzarlik holatlarini aniqlash jarayonlari, ma’lumot oluvchilarning vakolatlari, “Xavfsiz shahar” tizimlarining yagona apparat –dasturiy platformasidan foydalanishda axborot xavvfsizligi talablari  haqida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumot va tushunchalar berildi.

Text to speech