HАSНАR – ELGА YАRАSНАR
Yurtimizda bahor nafasi ufurmoqda. Ona zamin yashillikka burkanib, dov- daraxtlar kurtak yozmoqda. Turkiy xalqlarda yilboshi sifatida nishonlanadigan Navroʼz umumxalq bayrami yaqinlashmoqda. Аna shunday damlarda dehqonlar yerga ishlov berishga, bogʼbonlar boqqa, fuqarolar hovli joy, koʼchalarni, tashkilotlar bino atrofini obodonlashtirishga kirishadi.
Jamiyatda sogʼlom turmush tarzi va sanitariya-gigienik madaniyatni targʼib qilgan holda mahallalar, aholi yashash xonadonlarida obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish maqsadida mamlakatimizda oʼtkazilayotgan “Obod va koʼrkam mahalla” shiori ostida umumxalq hasharida boshqa sohalar qatori Qashqadaryo viloyati IIB sohaviy xizmatlari, shahar-tuman IIBlari xodimlari ham faol ishtirok etishdi.
Maʼmuriy bino atrofidagi yerlarga ishlov berilib, begona oʼtlardan tozalandi. Daraxtlarga ishlov berilib, oqlandi.