21 Avgust 2021 yil 835

Hashar – elga yarashar


Xalqimiz mustaqillikni qoʼlga kiritganiga 30 yil toʼlishi munosabati bilan joylarda bayramga qizgʼin tayyorgarlik koʼrilmoqda. Bayram yanada nufuzli, va orasta oʼtishi uchun bogʼbonlar boqqa, fuqarolar hovli joy, koʼchalarni, tashkilotlar bino atrofini obodonlashtirishga kirishadi.

Sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, yurtimiz boʼylab koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʼllab-quvvatlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 avgust kunidagi 455-F-sonli Farmoyishiga asosan 2021 yilning avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi etib belgilangan.

Shunga koʼra, bugun mamlakatimizning barcha hududlarida umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari oʼtkazilmoqda.

Bugun yurtimizda ana shunday tadbir umumxalq hashari oʼtkazilmoqda. Jumladan, boshqa sohalar qatori Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi va uning sohaviy xizmatlari hamda shahar-tuman IIBlarida ham maʼmuriy binolar atrofi va hovlilarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Yerlarga ishlov berilib, begona oʼtlardan tozalangan holda daraxtlar va yoʼlaklar oqlanmoqda hamda koʼkalamzorlashtirish ishlari hamjihatlikda va jadallikda olib borilmoqda.

Zero, hashar – elga yarashar deb bejizga aytilmagan.

Text to speech