Harbiylar maʼnaviy hordiq olishdi
IIV Qorovul qoʼshinlariga qarashli Qarshi shahridagi 7533-harbiy qismda “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz!” shiori ostida xodimlar oʼrtasida qator tadbirlar oʼtkazib kelinmoqda. Jumladan, xodimlarning ilmiy, maʼnaviy va maʼrifiy bilimlarini boyitish maqsadida tez-tez Kitoblar yarmarkasi, “Quvnoqlar va zukkolar”, buyuk adiblarning tavallud sanalari munosabati bilan teatrlashtirilgan kechalar tashkil etib kelinmoqda.
Yaqinda “Maʼnaviyat oyligi” doirasida bir guruh harbiylar Qarshi shahridagi tarixiy va moziyga daxldor obidalarga sayohat uyushtirishdi. Dastlab Oʼzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali, soʼngra, El-yurt tanyanchi monumenti, Koʼkgumbaz jomeʼ masjidi, Xoʼjai Jarroh ziyoratgohi, qadimiy Qashqadaryo koʼprigi, , Motamsaro ona monumenti va xotira xiyoboni da boʼlgan harbiylar obidalarning yaratilish tarixi bilan yaqindan tanishdilar. “Maʼnaviyat marshruti” shiori ostida tarixiy kadamjolarga boʼlgan sayohat Vatanparvarlar bogʼida yakunlandi.