11 Yanvar 2022 yil 517

Harbiylar bogʼiga sayohat


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 aprel kunidagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaroriga koʼra “Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish kontseptsiyasi” tasdiqlangan boʼlib, unga koʼra, ichki ishlar organlari xodimlarining dunyoqarashi, siyosiy ongi, maʼnaviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, vatanparvarlik, gʼurur, iftixor, kasbga nisbatan sadoqat va yuqori masʼuliyat hislarini oshirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri etib belgilandi.
Kontseptsiyaga koʼra, ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!" kontseptual gʼoyasi asosida tashkil etilmoqda. Bu borada Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi jazoni ijro etish departamenti toʼrtinchi mintaqaviy hudud tasarrufidagi Jazoni ijro etish departamenti Toʼrtinchi mintaqaviy hudud 2-son jazoni ijro etish koloniyasi xodimlari oʼrtasida ham jadal olib borilmoqda. Dasturga koʼra, xodimlarda milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom his-tuygʼularini, yuksak estetik did va axloqiy meʼyorlarni shakllantirish, Oʼzbekiston xalqining boy tarixi, madaniyati, anʼanalari va urf-odatlariga hurmat, milliy madaniyatimizning eng yaxshi namunalari bilan tanishtirish, shaxsiy tarkibga yurtimizdagi muzey, teatr, kino, kontsert va boshqa tadbirlar tashrif buyurish orqali bu boradagi ishlarni yanada chuqur singdirish asosiy yoʼnalishlardan biridir. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Toʼrtinchi mintaqaviy hudud 2-son jazoni ijro etish koloniyasi xodimlari Qarshi shahrida joylashgan “Vatanparvarlik bogʼiga” sayohat uyushtirishdi.
“Juma – Vatanparvarlik kuni” tadbiri doirasida tashkil etilgan tadbirda ichki ishlar organlari xodimlari va ularning farzandlariga istirohat bogʼida koʼrgazmaga qoʼyilgan maxsus himoya vositalari, jangovar va xizmat avtomashinalari, qurol-yarogʼ va boshqa uskunalar, kiyim-boshlar bilan yaqindan tanishishdi. Soha xodimlari harbiy xizmatchilardagi jasurlik, mardlik, faxr-iftixor, Vatanga muhabbat, milliy istiqlol gʼoyalariga sodiqlik, fuqarolarda ichki ishlar organlariga hurmat tuygʼusini shakllantirish borasida ishtirokchilarga atroflicha maʼlumotlar berildi.
Yurtimizga sadoqatli, jamiyatga daxldorlik hissi, harbiy-vatanparvarlik tuygʼusi yuksak yosh avlodni voyaga yetkazish, bu jarayonda milliy armiyamiz tizimida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar muhim omil boʼlmoqda. Yoshlarni har tomonlama ixcham va zamonaviy milliy armiyamiz erishayotgan yutuqlar bilan tanishtirib borish, ularda Vatan ozodligi, sarhadlar daxlsizligi va el osoyishtaligi yoʼlida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz nomini yodda saqlash, milliy armiyamiz qudrati va salohiyatiga boʼlgan ishonchni kuchaytirishdan iboratdir.
Bogʼdagi sunʼiy koʼl, kirish darvozasi, amfiteatr, harbiy xandaq, qoyada toshga chiqish, oʼq otish joyi va lukodrom, harbiy kichik muzey, parashyutdan sakrash minorasi, obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar sayohatchilarda katta taassurot qoldirdi.
Sayohat Oʼzbekiston manfaatlarini nafaqat harbiy, balki barcha sohalarda himoya qilishga tayyor turgan milliy armiyamiz Qurolli Kuchlarning qudrati hayotiy misollar va taʼsirchan koʼrgazmali vositalar orqali yoshlar ongiga singdirildi.

Text to speech