20 Dekabr 2021 yil 525

Harbiy xizmatchilarning oilalari ishga joylashdi


Yaqinda Oʼzbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʼshinlariga qarashli 7256-harbiy qismda Qarshi xarbiy prokurori J.Ashurov tomonidan sayyor qabul oʼtkazildi. Unda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ishtirok etishdi.
Sayyor qabulda harbiy xizmatchilarning oila aʼzolarini ish bilan taʼminlash maqsadida “Boʼsh ish oʼrinlari yarmarkasi” ham tashkil etildi. Bundan tashqari ishtirokchilarning kundalik va maishiy hamda tibbiy yoʼnalishdagi murojaatlari ham tinglandi.
Qabulda harbiy xizmatchilarning oila aʼzolaridan ish bilan taʼminlash boʼyicha 17 ta muammo joyida hal etildi. Bolalarni bogʼchaga joylashtirish boʼyicha 9 murojaat nazoratga olindi. Shuningdek, sogʼliqni saqlash, kommunal muammolar boʼyicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Text to speech