21 Dekabr 2021 yil 533

Har joyni qilma orzu


Eron islom Respublikasi fuqarolarii Saadat Dana Leila Mohammad va uning eri Rashidzadeh Ahmad Reza Mohammad Reza jinoyat ishlari boʼyicha Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar sudining hukmiga asosan, Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b va v” bandlari va 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblanib, jazoga tortilgandi. Xorijiy fuqarolarning jazoni oʼtash davrida qilmishidan chin koʼngildan pushaymonligi, oʼzini xulqi va odobi bilan boshqalarga oʼrnak boʼlgani bois ularga mamlakatimizda insonparvarlik tamoyillari ustuvorligi tushuntirildi.
Natijada qonunchilikda belgilangan tartibda Saadat Dana Leila Mohammaddan Jinoyat ishlari boʼyicha Muborak tumani sudininng ajrimiga asosan qoʼllanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 107,5 baravari miqdorida va uning eri Rashidzadeh Ahmad Reza Mohammad Rezadan esa bazaviy hisoblash miqdorining 137,5 baravari miqdorida jarima undirildi.
Er-xotin darhol Muborak tumani IIB M va FRG xodimlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborildi.
Nachora, xalqimizning har joyni qilma orzu, har joyda bor toshu tarozi degan naqli shu toifa insonlarga nisbatan aytilgan boʼlsa ajabmas.

Text to speech