24 Sentyabr 2021 yil
438
Har bir murojaat nazoratga olingan
Xalq dardini tinglab, fuqarolarni qiynayotgan kundalik muammolarga yechim topish bugungi kun rahbarining bosh maqsadi. Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi 3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon Satvoldiev fuqarolarning kundalik tashvishi va muaammolarini oʼrganish maqsadida boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida murojaat bilan kelgan fuqarolarni qabul qildi. Qabulda fuqarolardan jami 10 ta murojaat tinglandi. Murojaatlarning asosini ichki ishlar organlarining tergov, huquqbuzarliklar profilaktikasi va boshqa xizmatlarda qonunbuzarliklarni malakalash borasidagi eʼtirozlar tashkil etdi.
Murojaatlarning barchasi vaqt talab etishi inobatga olinib, nazoratga olindi va tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.