Har bir murojaat eʼtiborda
Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi, 3-sektor rahbari, polkovnik Sh.Satvoldiev fuqarolarning kundalik yumush va muammolarini tinglab, hal etish maqsadida boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni murojaatlarini qabul qilish xonasida turli masallarda kelgan fuqarolarni qabul qildi. Qabulda har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning muammosi va tashvishlari ijobiy yechim topishiga alohida eʼtibor qaratildi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida oʼtgan qabulda 16 nafar fuqarolarning murojaati tinglandi. Аyniqsa, fuqarolarning ichki ishlar organlari xizmatiga ishga kirish bilan bogʼliq 4 ta ishga kirish oʼzini oʼzi band etishga oid masalari joyida hal etildi. 2 ta murojaatlar esa sohaviy xizmatlar masʼullari ishtirokida atroflicha muhokama etilib, murojaatchiga huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan 10 ta murojaatni ijobiy hal etish boʼyicha rahbarlarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.