5 Oktyabr 2020 yil 811

Har bir ayol himoya ostida

Mamlakatimiz ayollarning jamiyatdagi oʼrni va roliga yuqori baho berlib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlarimizning bilimdon, zamonaviy mutaxassis, malakali kasb egalari boʼlishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ularning bandligini taʼminlash eng ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.

Qashqadaryo viloyati IIB HPB Xotin-qizlar masalalari boʼyicha boʼlimi tomonidan bandligi taʼminlanmagan, kam taʼminlangan va ijtimoiy ximoyaga muxtoj xotin-qizlar tomonidan sodir etilishi mumkin boʼlgan salbiy holatlarni  oldini olish maqsadida Qarshi shahar banlikka koʼmaklashish markazi bilan hamkorlikda Qarshi shahrida “Mexnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Ushbu mexnat yarmarkasida 21 nafar ishsiz hamda 13 nafar IIBda profilaktik hisobda turgan xotin-qizlarga oʼzlarining mutaxassisligi va ishlash istagi boʼlgan boʼsh ish oʼrinlariga joylashishlari uchun yoʼllanmalar berildi.

Text to speech