“Xamsa”chilik tarixi.”Saddi Iskandariy” dostoni mavzusida namunaviy ochiq dars mashg‘uloti
Bugungi kunda yoshlarga sifatli ta’lim berish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda ta’lim sifatini yaxshilash har bir ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biridir. Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyida ham bu borada bir qancha amaliy ishlar joriy etilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik
litseyi Tillarni o‘rganish kafedrasi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Ravshanova Mo‘tabar Kamolovna 2024 yil 14-noyabrkuni 2-kurs 23-03 guruhda
adabiyot fanidan “Xamsa”chilik tarixi, ”Saddi Iskandariy” dostoni mavzusida
ochiq dars o‘tdi.
Darsda “Kichik guruhlarda ishlash”, “Kim
topqir?”, “Davom et…”, ”Tasniflash”, “Zanjir”, ”O‘nta dalil” kabi zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan foydalanildi. Alisher Navoiy ijodi haqida slayd va
videolavhalar taqdim etildi.
Mavzu yuzasidan ulug‘ ijodkor Alisher
Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonining qahramoni Iskandar shohning siymolari
sahna ko‘rinishi qismida o‘quvchilar tomonidan gavdalantirildi. Navoiy
she’riyati asosida mushoira o‘tkazildi.
Dars jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlik, dars usullari orqali o‘quvchilarning faolligi yuqori darajada bo‘ldi. Ochiq dars o‘quvchilarni Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, chin insoniylik ruhida tarbiyalashda ma’naviy saboq darsi bo‘lib, har tomonlama namunali tashkil etildi.