25 Aprel 2022 yil 588

Hamkorlik shartnomasi uchun 5400 АQSН dollari 

Qonunda ham, dinda ham pora olish yoki berish qoralanadi. Аmmo ayrim shaxslar nafsini qondirish ilinjida bunday jirkanch ishdan tap tortmayapti. Jumladan, 2022 yil 24 aprel kuni Qashqadaryo viloyati IIB JQB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʼlimi, DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi, viloyati prokuraturasi hamda viloyat prokuraturasi huzuridagi Departament tomonidan Nishon tumanida oʼtkazilgan tezkor tadbirda yana bir nafs qulining kirdikorlari fosh etildi.

Maʼlum boʼlishicha, tuman hududida joylashgan oʼrta taʼlim maktabi eski binosini buzish ishlarini amalga oshirish uchun rahbar orqali “hamkorlik” shartnomasi rasmiylashtirib berish evaziga Nishon tuman XTB xodimi I.J. Qarshi shaxri Beklar MFYda yashovchi MChJ rahbari А.E.dan 5400 АQSh dollari miqdordagi  pullarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech