29 Avgust 2022 yil 284

Hamkor tashkilotlar bilan yo‘l xaritasi tuzib olindi

Shahrisabz shahrida “Mamlakatimizga xorijiy sayyohlarni jalb qilish uchun 2022 yilda hukumat tomonidan belgilangan chora-tadbirlar” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.  

Tadbirda Prezidentimiz tashabbuslari bilan yurtimizda turizm salohiyatini yuksaltirish va sohani rivojlantirish borasida chiqarilgan farmon va qarorlar asosida xorijiy va mahalliy turistlar uchun xavfsiz turizmni ta’minlashga, alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joriy 2022  yilda ham turizm bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan amaliy ishlar hamda fuqarolarga va xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalari xodimlariga tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni dunyoning bir qancha davlat fuqarolarini mamlakatimizga ma’lum muddatga vizasiz kirishiga hamda bir qancha davlat fuqarolarini elektron kirish vizasini olishlariga imkon yaratdi.

Bundan tashqari, hozirgi kunda turistlar oqimi ko‘payishi xavfsiz turizmni ta’minlash sohasidagi ishlarni takomillashtirishni talab etmoqda.

Shuningdek, Prezidentimizning 2019 yil 6 martdagi “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarori bu borada amuhim dasturilamal bo‘lmoqda. Shu bilan birga ushbu qaror asosida bu sohada qator yangiliklar joriy etilmoqda.

So‘nggi yillarda turizm sohasi iqtisodiyotning real sektoriga aylanib borayotgan bir paytda yurtimizda xavfsiz turizmni ta’minlash eng muhim ustuvor vazifalarimizdan biridir.

Text to speech