3 Aprel 2023 yil 258

Ham ma’naviy, ham ma’rifiy tadbir

Bugun Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri va Muborak tumanidagi  “Mash’al” o‘yingohida O‘zbekiston Respublikasi IIV madaniyat saroyi “Ashula va raqs” ansamblining xayriya konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Unga Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolari, tizimda uzoq yillar samarali xizmat qilib faxriylik gashtini surayotgan otaxonlar, boquvchisini yo‘qotganlar hamda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgan xodimlarning farzandlari taklif etildi.

 Tadbirda IIV Ashular va raqs ansambli rahbari Uchqun Tillaev, taniqli so‘z ustasi O‘tkir Muhammadxo‘jaev, qiziqchi Zokir Ochildiev, xonadalar Davron Axmedov, Mashhura Ergasheva, Suxrobbek Xamdamov, Ulug‘bek Xalikov, Shahnoza Otaboeva va Farhod Qambarovlar tomonidan aytilgan latifa va kuy qo‘shiqlar muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Tadbirda xayriya konsertidan tushgan mablag‘ning bir qismi organlarida tizimda uzoq yillar samarali xizmat qilib faxriylik gashtini surayotgan otaxonlar, boquvchisini yo‘qotganlar hamda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgan xodimlarning oila a’zolariga sovg‘alar sifatida berildi.

Text to speech