10 Sentyabr 2022 yil 631

Ham amliy yordam, ham targ‘ibot

Qashqadaryo viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limi rahbariyati tomonidan sohaning shahar-tuman IIB JXX Probatsiya bo‘linmasi va guruhlari (katta) inspektorlarining ish yurituvidagi hujjatlarini vazirlik meyoriy buyruq talablari asosida amalga oshirish, bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor tadbirlar uyushtirildi.

Shaxsiy tarkibning ijrochilik intizomi, xizmat va xizmatdan tashqari vaqtlarda belgilangan tartib qoidalarga rioya etishi, o‘z vaqtida xizmat joyida bo‘lishi, hamkasblarim va fuqarolar bilan bo‘ladigan muloqotlarda vazmin, samimiy va xushmuomala bo‘lish, xizmat kiyimida noo‘rin xatti-harakatlar sodir etmaslik spirtli ichimliklar iste’mol qilmasligi, avtomashinani tegishli hujjatlarsiz boshqarmaslik hamda fuqarolar va probatsiya nazorati ostidagi shaxslar bilan noqonuniy munosabatga kirishmaslik, tamagirlik qilmaslik, xizmat vazifalariga kirmaydigan ishlarga aralashmaslik, noqonuniy munosabatga kirishmaslik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 21 oktabr kunidagi “Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi buyrug‘i talablariga qat’iy amal qilish tushuntirildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech