6 May 2023 yil 338

Halolikni shior qilgan xodimlar taqdirlandi

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari orasida hallolikni shior bilgan xodimlar ko‘pchilik. Ular faoliyatda adolatni ustuvor bilib, qasamyodiga sodiq qolib, pora berish jinoyatini fosh etishda faol ishtirok etib, obro‘-e’tibor qozonmoqda. Jumladan, yaqinda yo‘l harakati huquqbuzarligini sodir etgan fuqarolarning ma’muriy chora ko‘rmaslik evaziga taklif etgan pora berish jinoyatini fosh etishdagi faolligi uchun Mirishkor, Muborak tumani, Shahrisabz shahar IIB YHXB YPX inspektorlari katta serjantlar Vaxob Nuftilloev, Aziz Xasanov, Suxrob Norimovlar pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Xuddi shuningdek, ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurash va uni oldini olish borasida 2023-yil davomida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Dasturida korrupsion turdagi jinoyatni oldini olgan xodim bilan bir qatorda uning rahbarini ham chorak yakuni bo‘yicha rag‘batlantirish belgilangan. Shu sababli qo‘l ostidagi xodimlar bilan olib borgan tarbiyaviy va korrupsion holatlarga murosasiz bo‘lish borasidagi  profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etgan Shahrisabz tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i  podpolkovnik Alisher Djuraev va uning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Obidjon Muxammadievlar ham rag‘batlantirildi.

Bu yangi amaliyot rahbarlarning qo‘l ostidagi xodimlar orasida korrupsion turdagi jinoyatlarga murosasiz bo‘lish va oldini olishda muhim motvatsiya bo‘lib xizmat qiladi.

Text to speech