7 Mart 2024 yil
941
Xalqobodlik yoshlarning "Oqsaroy" tekstil korxonasida bo‘lishdi
Viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Farrux
Tairov Shahrisabz tumanida huquq-tartibot va mudofaa organlari tomonidan
2024-yilda yoshlarni otaliqqa olish va ular bilan manzilli ishlash tizimini
tashkil etish doirasida tumanimizning 3-sektor hududidagi
"Xalqobod" mahallasidagi otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashdi.
Mahalladagi bir guruh ishsiz yoshlar
"Oqsaroy" tekstil korxonasiga taklif etildi.
U yerda yoshlar korxonada ishlab
chiqarilayotgan mahsulot turlari, ish ko‘lami hamda bo‘sh ish o‘rinlari bilan
tanishishdi.
Shuningdek, yoshlarga korxona mas'ullari
tomonidan oylik maoshi, ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida
ham tushunchalar berildi.