Xalqobodlik yoshlarning "Oqsaroy" tarixiy majmuasiga sayohati tashkil etildi
Viloyat IIB
boshlig‘ining o‘rinbosari Farrux Tairov Shahrisabz tumanida huquq-tartibot va
mudofaa organlari tomonidan 2024-yilda yoshlarni otaliqqa olish va ular bilan
manzilli ishlash tizimini tashkil etish doirasida tumanimizning 3-sektor
hududidagi "Xalqobod" mahallasidagi otaliqqa olingan yoshlar bilan
uchrashdi.
Yoshlar
o‘rtasida harbiy vatanparvarlikni kuchaytirish hamda boy tariximizga hurmat
ruhida tarbiyalash maqsadida "Oqsaroy" tarixiy majmuasiga sayohat
uyushtirildi.
74-umumta'lim
maktabining 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari, jami 80 nafar yosh qamrab olingan
sayohatda o‘quvchilarga Amir Temur va Temuriylar tarixi, "Oqsaroy"
majmuasining jahon madaniy merosida tutgan o‘rni va nufuzi haqida tushunchalar
berildi.
Qolaversa,
o‘quvchilarga turizm politsiyasining vazifalari, ular xizmat vaqtida
foydalanadigan saf vositalari va maxsus transport texnikalari namoyish etildi.