Hallolikni shior bilganlar
BIR JINOYАT IKKINCНISIGА BOSНLАDI
2021 yil 14 mart kuni soat 20-00larda “Toshgʼuzor-Qayirma” temir yoʼl bekatlari oraligʼining 7 km 1-pekiti yaqinida joylashgan koʼprigi ostida gʼuzorlik amakivachchalar N.P. va N.U.lar metall quvurlarni yashirin ravishda talon-toroj qilayotganligi Qashqadaryo viloyati IIB Transportda XTB tezkor xodimlari tomonidan aniqlandi. Ertasi kuni mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borayotgan viloyat IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi tezor vakili uchrashgan fuqaro N.P. ishni “yopdi-yopdi” qilish evaziga 5.000.000 soʼm pora taklif etadi.
Tezkor xodim fuqaroga bu harakatlari qoʼshimcha jinoyatga sabab boʼlishini tushuntirishiga qaramasdan fuqaro N.P. maqsadidan qaytmagan.
Tezkor xodimning rahbariyatga bergan bildirgisiga asosan, 2021 yil 15 mart kuni IIV OʼXB Qashqadaryo viloyati boʼyicha boʼlimi va Qarshi Transport prokuraturasi xodimlari hamkorligida oʼtkazilgan tadbirda boshqarmaning “Toshgʼuzor” bekatidagi boʼlinma maʼmuriy binosida fuqaro N.P tezkor xodimga 250 АQSh dollari va 2.000.000 soʼm miqdordagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtda ushlandi.
Hozirda Qarshi Transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.