19 Yanvar 2024 yil 804

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Deputatlar va mas’ul rahbarlar ishtirokida "ZOOM" platformasi orqali viloyat kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda vohamizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga doir muhim masalalar o‘rtaga tashlanib, qarorlar qabul qilindi.

Jumladan, viloyatda tashqi reklama obyektlariga tashqi reklamani joylashtirish uchun yig‘imlar miqdorini, tashqi reklama va axborot obyektlarini o‘rnatish uchun ommaviy oferta shartnomasini namunaviy shaklini tasdiqlash, viloyatdagi umumta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Aziz Allanazarov 2023-yil davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, ularning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar ham muhokama qilindi.

Text to speech