8 May 2024 yil 777

Xalq deputatlari Koson tuman kengashining VI-chaqiriq 103-sessiyasi o‘tkazildi

Sessiyaning kun tartibida tumanni ishsizlik va korrupsiyadan xoli hududga aylantirish, "Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" mezonlari joriy etish hamda “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash bo‘yicha 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida 4 ta sektor rahbari hisobot berdi.

Shuningdek, tumanda kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hisoboti eshitildi.

Mahalla yettiligi tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarilishi holati va aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida esa tuman hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i va boshqa mas‘ullari hisobotlari tinglandi.

Sessiyada Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Abduvohid Ismoilov ham ishtirok etdi.

Text to speech