31 Iyul 2024 yil 699

Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining navbatdagi 87-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Abduvohid Ismoilov, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman tashkilot rahbarlari va ommaviy axborot vositalari qatnashdi.

Kun tartibida:

????Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi F.Elmurodovning Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashida deputatlik o‘rinlari sonini belgilashning yangi mezonlari haqidagi axboroti.

????Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi F.Elmurodovning “Tuman saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida”gi axboroti.

????Tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i G‘.Karamanovning 2024-yil II-chorak yakuni budjet tushumlari ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti.

????Majburiy ijro byurosi Chiroqchi tuman bo‘limining 6 oylik faoliyati yuzasidan bo‘limi boshlig‘i Adliya katta maslahatchisi Q.Jurayevning hisoboti.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha tuman Oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Soatovaning hisoboti.

????Aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Q.Gadoyevning axboroti mahalliy Kengash deputatlari tomonidan tinglanib muhokama qilindi

Shundan so‘ng sessiya kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib olindi.

Text to speech