Gʼuzorlik fuqarolar sayyor qabuldan mamnun
Viloyat sektorlari rahbarlari tomonidan joylarda oʼtkazilayotgan sayyor qabullarda fuqarolarning muammolari tinglanib, yechim topmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik Xurshid Аtanazarov Gʼuzor tumani 1-kasb-hunar maktabida Obod mahalla fuqarolar yigʼinida kasb-hunarga yoʼnaltirish oʼzini oʼzi band qilish istagida boʼlgan yoshlarbilan Sayyor qabul oʼtkazdi. Unda 3-sektorga qarashli mahallalardan istiqomat qiluvchi 34 nafar yoshlar va fuqarolar ishtirok etdi.
Sayyor qabulda yoshlarning 20 murojaati tinglandi. Murojaatlarning 3 tasi joyida ijobiy hal etildi.
Qolgan 15 ta murojaatlar esa mablagʼ va vaqt talab etgani bois ijrosi nazoratga olindi.
Tadbirda 3 nafar yoshlarga oʼzini oʼzi band qilishi uchun mikser, karcher va oʼt oʼrish apparati berildi. Qabul jarayonida 2 nafar yoshlar oldingi qabulda boʼlgani va masalasi ijobiy hal etilgani uchun viloyat IIB rahbariyatiga oʼz minnaitdorchiligini bildirdi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.