6 May 2020 yil 794

Gʼuzor tumanida xonadon egasining tomorqasidan “marixuana” olindi

2020 yil 04 may kuni Gʼuzor tuman IIBga kelib tushgan xabarga koʼra, shu kuni soat 12:30 larda Gʼuzor tumani “Gulshan” MFYda yashovchi T.Z. yashash xonadoni koʼzdan kechirilganida, tomorqasiga 22 tup kannabis giyohvandlik oʼsimligi ekilganligi aniqlanib, ushbu 22 tup kannabis giyohvandlik oʼsimligi holislar ishtirokida tegishli tartibda  hujjatlashtirib olingan. Shuningdek, shu kuni Z.T.ning yashash xonadoni koʼzdan kechirish davomida, Z.T. kelgusida oʼtkazish maqsadini koʼzlamay qonunga xilof ravishda marixuana giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligini maʼlum qilib, yashash uyining kirishdan oʼng tomondagi xonaning deraza tokchasi ustidan 1 dona oq rangli selofan paketga solingan jami sof ogʼirligi 1,3 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini taqdim qilgan. Shahrisabz shahar IIB xulosasiga koʼra, Z.T.ning tomorqasidan hujjatlashtirib olingan 22 tup oʼsimliklar tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasi mavjudligi va ushbu 22 tup oʼsimliklar “kannabis” oʼsimligi deb atalishi koʼrsatilganligi va oʼz xohishi bilan taqdim qilgan 1 dona oq rangli selofanga solingan yashil rangli, quruq holdagi, oʼziga xos oʼtkir hidli oʼsimlik barglari tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasi mavjudligi va “MАRIXUАNА” deb atalishi, uning sof ogʼirligi 1,3 grammni tashkil etishi koʼrsatilgan. Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan Z.T.ga nisbatan Oʼz.Res JKning 270-moddasi 1-qismi va 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech