19 Mart 2020 yil 873

Gʼuzor tumanida oʼgʼirlik jinoyati fosh etildi.

2020 yil 13-mart kuni Gʼuzor tumani “Xoʼjaguzar” MFY, Xirot koʼchasi 7-uyda yashovchi 1973 yilda tugʼilgan E.M.O  TIIBga ariza bilan murojaat qilib, u oʼz arizasida, 2020 yil 29 fevralь kuniga oʼtar kechasi Gʼuzor tumani “Doʼstlik” MFY xududida joylashgan “Аl-Baraka” savdo doʼkonidan 25.470.000 soʼmlik 39 dona telefon aparati, 1.350.000 soʼmlik ayollar kiyim kechagi, 6.500.000 soʼm pullarini jami 31.971.350 soʼmlik moddiy tavarlarini nomaʼlum shaxslar oʼgʼirlab ketganligini maʼlum qilgan. Ushbu holat yuzasidan TIIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, ushbu oʼgʼirlik jinoyatni, Gʼuzor tumani “Аvgʼonbogʼ” MFYda yashovchi M.S  sodir etganligi aniqlanib, undan 15 dona telefon aparati tegishli tartibda xujjatlashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech