26 Iyul 2023 yil 555

Gultuvakda kannabis yetishtirayotgan ekan

Joriy yil 19 iyul kuni viloyat IIB JXX JTSB PPXB 2-tumanlararo guruhi va Kitob IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda hovlisida giyohvandlik o‘simligi yetishtirayotgan shaxsning kirdikorlari fosh etildi. Jumladan, Kitob tumani “Bashir” MFYda yashovchi N.F. hovlisida 9 dona gul tuvakda 10 tup kannabisni parvarishlab kelayotgani aniqlanib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan hujjatlashtirib olindi.

Xozirda Kitob tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech