13 Iyul 2023 yil
471
Gugurt qutisidagi marixuana
Qashqadaryo viloyati IIB TQX JQB hamda Shahrisabz shahar IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirida giyohvand modda savdosiga chek qoʻyildi. Shahrisabz tumani “Toʻdamaydon” MFYda yashovchi N.U. Shahrisabz shahrida joylashgan avtomashinalar ehtiyot qismlari bozori oldida sotuvchi U.N.dan bir dona gugurt qutidagi marixuanani 600 ming soʻmga sotib olgan vaqtda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi.
Ogʻufurushdan olingan “marixuana” giyohvandlik vositasi taroziga qoʻyilganda 3,4 gramm tosh bosdi.
Holat yuzasidan Shahrisabz shahar huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.