15 Fevral 2021 yil 741

Gugurt quttilariga maxsus qadoqlangan "MАRIXUАNА"

2021 yil 11 fevral kuni Qarshi shahar 4-sonli IIBga tushgan xabarga koʼra, Qarshi shaxar 4-sonli IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilayotgan “Yoshlar giyoxvandlikka qarshi” tadbiri davomida 2021 yil 11 fevral kuni soat 12:00larda Qarshi shahar “Аral” MFYda joylashgan “Poytaxt” choyxonasi oldida “Lasetti” rusumli, 70 K 757 RА davlat raqamli avtomashina old oʼrindigʼida oʼtirgan, Koson tumani “Jizzali” MFYda yashovchi O.U  giyohvandlik vositasini koʼp miqdorda qonunga xilof ravishda oʼtkazish maqsadida, oʼzi bilan olib yurgan avtomashina old oʼrindiq oʼrtasiga qora rangli selofan paketiga oʼralib, 4 dona “spichki” yozuvli gugurt qutilariga maxsus qadoqlangan yashil rangli, oʼtkir hidli, oʼsimlik quritmasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda protsessual rasmiylashtirilgan. U.O.dan hujjatlashtirib olingan qora rangli selofan paketiga oʼralgan, 4 dona “spichki” yozuvli gugurt quttilariga maxsus qadoqlangan yashil rangli, oʼtkir hidli oʼsimlik quritmasi tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol giyohvand moddasi bor boʼlib, bu oʼsimlik moddasi “MАRIXUАNА” deb atalishi, marixuananing sof ogʼirligi 12,1 grammni tashkil qilgan. Qarshi shahar
4-sonli IIB TB tomonidan U.O.ga nisbatan Oʼz.R JKning 273-m 5-q bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech