1 Mart 2023 yil 369

“Go‘zallik va nafosat ko‘ychisi”

Qashqadaryo viloyat  “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim  muassasasida O‘zbekiston Xalq shoiri Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligiga bag‘ishlab “Go‘zallik va nafosat ko‘ychisi” mavzusidagi  adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Adabiy-badiiy tadbirni o‘quv ishlari bo‘yicha  direktor o‘rinbosari A.Majidov ochib, Zulfiyaxonimning ijodi va va jamoat arbobi sifatidagi faoliyatini e’tirof etdi. Shoira she’rlarida do‘stlik va tinchlik g‘oyalarini baralla kuylaganini, bugungi kunda ham bu masalalar dolzarb ekanligini qayd etdi.

Darhaqiqat, Zulfiyaxonimning yuksak insoniy fazilatlari bugun ham yoshlar uchun ibrat bo‘lib xizmat qilishi, uning sermahsul ijodi, go‘zal she’riyatini barcha adabiyot ixlosmandlari sevib o‘qishlari va shoiraning adabiy merosi nihoyatda boy ekanligi, o‘nlab kitoblari o‘zbek adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin olganligi, shuningdek  ko‘plab taniqli xorij ijodkorlari asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girganligi xususida so‘z yuritdi. Zulfiya nafaqat badiiy ijodi bilan, ayni paytda o‘zbek ayoliga xos vafo va sadoqat timsoli sifatida ham xalqimiz mehrini qozongan.

 “Nurli maskan” o‘quvchilari tomonidan bahor tarovatini o‘zida aks etuvchi kuy va raqslar hamda Zulfiyaxonim ijodidan she’riy satrlar yod aytildi.

Tadbirda maktabning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan Hamid Olimjon va Zulfiya hayotiga bag‘ishlangan kichik ssenariy namoyish etildi.

Tadbir doirasida Zulfiya hayoti haqidagi kompozitsiya, shoira she’rlariga bastalangan qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbir so‘ngida maktabning iqtidorli va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan o‘quvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Text to speech