“Globallashuv davrida yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy tarbiyalash, ularda vatanparvarlik ruhini shakllantirish: nazariya va amaliyot” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyida
“Globallashuv davrida yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy tarbiyalash,
ularda vatanparvarlik ruhini shakllantirish: nazariya va amaliyot” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ilmiy-amaliy
konferensiyada Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti prorektori,
professor Nazar Xakimov, Qarshi davlat universiteti o‘qituvchilari, professor
Boynazar Yo‘ldoshev, dotsent Asror Pardayev, Xalqaro “Oltin meros” fondi
Qashqadaryo viloyati boshqaruv raisi, yozuvchi Sharofat Ashurova, Nuriston
akademik litsey direktori, Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD)
Akmaljon Qudratov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo
viloyat bo‘limi rahbari Komila Karamova,
mahalliy boshqaruv va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, viloyat ma’naviyat va
targ‘ibot markazi, viloyatimizdagi akademik litseylarning ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, olimlar, ijodkorlar, litseyimiz
o‘qituvchilari hamda o‘quvchilar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “ O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini
amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-2124
sonli Qarori va “Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yili” Davlat dasturida
belgilangan vazifalarni amalga oshirishda globallashuv davrida yoshlarni
ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy tarbiyalash, ularga vatanparvarlik ruhini
singdirish lozimligini ta’kidlashdi.
Respublika ilmiy-amaliy anjumanida yoshlarga
milliy-ma’naviy qadriyatlar ahamiyatini singdirish, ma’naviy qashshoqlashuvning
oqibatlari haqida tegishli nazariya va amaliy bilimlarni tahlil qilish orqali
ogoh bo‘lish ruhiyatini shakllantirish borasida ham atroflicha tushunchalar
berishdi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda milliy
–ma’naviy tiklanish borasida amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan
yutuqlar, “Ommaviy madaniyat” va turli oqimlarning maqsad va muddaolaridan
yoshlar ogoh bo‘lishi, ular ongi va dunyoqarashida ma’naviy immunitetni
shakllantirish hamda boshqa dolzarb masaslalar xususida ilmiy-tahliliy
mulohazalar ishtirokchilar e’tiboriga yetkazildi.