14 Sentyabr 2021 yil 661

Giyohvandlikka mukkasidan ketganlar qoʼlga olindi

 

Qashqadaryo viloyati hududida oʼtkazilayotgan “Xavfsiz hudud” tezkor profilaktik tadbiri davomida, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash va giyohvandlik moddalarini saqlash, tashish va oʼtkazish bilan bogʼliq holatlarni aniqlash maqsadida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan turistik namoyish obʼektlari va infratuzilmasi hududlarida tezkor tadbirlar olib borilmoqda. Jumladan, boshqarma xodimlari tomonidan oʼtkazilgan “Qoradori-2021” tadbirida Kitob tumani markazida yurgan bir fuqaroning bezovtaligi va xatti-harakatlari xodimlarda shubha oʼygʼotdi. Tezkor xodimlar fuqaroni toʼxtatib, savol javob qilishganda tumanning Paxtaobod MFYda yashovchi M.Q. ning yonidan gugurt quti ichida sof vazni 7,5 gramm boʼlgan marixuana giyohvandlik moddasi topildi.
Shuningdek, boshqarma xodimlari tomonidan Shahrisabz shahri, Amir Temur xiyobonida joylashgan “Amirbek” restorani masʼul rahbarlari va ishchi-xizmatchilari bilan belgilangan karantin cheklovlariga rioya qilish boʼyicha profilaktik suhbat oʼtkazilayotgan vaqtda, Kitob tumani, Qaynar MFYda yashovchi fuqaro SH.ning bejo xatti-harakatlari xodimlarda shubha oʼygʼotdi. U toʼxtatib tekshirilganida, uning yonidan 10.000 soʼmlik kupyuraga oʼralgan sof vazni 24 gramm boʼlgan marixuana giyohvandlik borligi maʼlum boʼldi.
Ashyoviy dalillar olinib, yuqoridagi holatlar yuzasidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.

Text to speech