Giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan shaxs qoʼlga olindi
Shahrisabz shahar IIBga 2021 yil 25 noyabr kuni tushgan xabarga koʼra, shu kuni soat 08:00larda, Shahrisabz shahar IIB xodimlari bilan viloyat IIB va DXX Qashqadaryo viloyat Shahrisabz shahar boʼlimi xodimlari hamkorligida oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, Shahrisabz shahar “Xoʼjamurod Baxshi” MFYda yashovchi D.M.ning yashash xonadoni va yordamchi xoʼjaliklari tekshirilganida, yashash xonadonidagi molxonasining tokchasidan sariq rangli selofan paketda boʼlgan, quritilgan holdagi yashil rangli, oʼtkir hidli oʼsimliklar borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Sudga oid kimyoviy ekspertizasining D.M.ning xonadonidan hujjatlashtirib olingan yashil rangli oʼtkir xidli oʼsimliklar, tarkibida fenol guruppasini tutgan kannabinoidlar guruhiga kiruvchi aktiv modda tetragidrakannabinol mavjud boʼlgan marixuana ekanligi va ularning ogʼirligi 10,8 gramm ekanligi, tadqiqkotdan soʼng 10,7 gramm qolganligi koʼrsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan D.M.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan