24 Fevral 2022 yil 528

Giyohvandlik moddasi jinoyatga yetakladi

Qashqadaryo viloyati IIB Transportda XTB tezkor xodimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbiri davomida, joriy yilning 20 fevralь kuni soat 13:20 larda Shahrisabz shahri “Zangiron” MFYda yashovchi fuqaro А.O Gʼuzor temir yoʼl bekatida 4 (toʼrt) dona “Spichki” yozuvli gugurt qutilariga solingan, tarkibida tetragidrokannabinol giyoxvandlik moddasi bor boʼlgan quritilgan holatdagi jami sof ogʼirligi 10,0 gramm MАRIXUАNА giyohvandlik vositasi 1.200.000 soʼmga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Qashqadaryo viloyati IIB Transportda XTB tezkor xodimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbiri davomida, joriy yilning 20 fevralь kuni soat 13:20 larda Shahrisabz shahri “Zangiron” MFYda yashovchi fuqaro А.O Gʼuzor temir yoʼl bekatida 4 (toʼrt) dona “Spichki” yozuvli gugurt qutilariga solingan, tarkibida tetragidrokannabinol giyoxvandlik moddasi bor boʼlgan quritilgan holatdagi jami sof ogʼirligi 10,0 gramm MАRIXUАNА giyohvandlik vositasi 1.200.000 soʼmga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  Shuningdek, tezkor tadbir davomida А.O oʼz xoxishi bilan egnida boʼlgan erkaklar kamzulining ichki chap choʼntagidan oq qogʼoz parchasiga oʼralgan quritilgan holatdagi tarkibida tetragidrokannabinol giyohvand moddasi bor boʼlgan jami sof ogʼirligi 0,5 gramm jami 10.5 gramm MАRIXUАNА giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan. Bundan tashqari, А.O.ning ushbu giyohvandlik vositalarini oʼgʼli Shaxrisabz shaxri “Zangiron” MFYda yashovchi M.J.dan olganligi haqidagi koʼrsatuvi asosida 2022 yil 20 fevralь kuni soat 18:00 larda Shaxrisabz shahri hududida oʼtkazilgan tadbirda M.J binafsha rangli polietilin paketga solingan, tarkibida tetragidrokannabinol giyoxvandlik moddasi bor boʼlgan quritilgan holatdagi jami sof ogʼirligi 51,4 gramm MАRIXUАNА giyohvandlik vositasini 450 АQSh dollariga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Tezkor tadbir davomida M.J oʼzining ixtiyori bilan Shaxrisabz shahri, “Zangiron” MFYdan qora rangli polietilin paketga solingan, tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasi bor boʼlgan quritilgan holatdagi jami sof ogʼirligi 120gramm jami 171.4 gramm MАRIXUАNА giyohvandlik vositasi mavjudligini maʼlum qilib, mazkur giyoxvandlik vositalarini tegishli tartibda taqdim qilgan. Fuqarolar А.O va M.J.dan olingan jami MАRIXUАNА 181.9 grammni tashkil etadi.  Mazkur holat yuzasidan, Qashqadaryo viloyati IIB Transportda XTB TG tomonidan fuqarolar А.O va M.J.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov xarakatlari olib borish jarayonida holati yuzasidan M.J giyohvandlik vositalarini “I” ismli tanishidan olganligi haqidagi koʼrsatuvi asosida 2022 yil 21 fevralь kuni soat 17:00 larda Kitob tumani hududida oʼtkazilgan tezkor tadbirda Sh.А oʼgʼli Z.I bilan birga M.J.ga qora rangli polietilen paketga solingan, tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasi bor boʼlgan quritilgan holatdagi jami sof ogʼirligi 269,4 gramm MАRIXUАNА giyohvandlik vositasini 600 АQSh dollariga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bundan tashqari, tezkor tadbir jarayonida Sh.А yashash uyi xonadonining tom qismida ham MАRIXUАNА giyohvandlik vositasi borligini, ularni oʼzining ixtiyori bilan topshirishini maʼlum qilganligi holati yuzasidan tezkor tadbir ishtirokchilari bilan uning xonadoniga borilgan vaqtda yashash uyining tom qismida oq rangli polietilen paketga solingan tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasi bor boʼlgan quritilgan holatdagi jami sof ogʼirligi 770,6 gramm MАRIXUАNА giyohvandlik vositasini borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Yuqoridagi holatlarda jami 1,040 gramm MАRIXUАNА giyohvandlik vositasi hujjatlashtirib olingan.Yuqoridagi holatlar yuzasidan jinoyat ishi doirasida Sh.А.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi hamda 25,273-moddasi 5-qismi bilan qoʼshimcha ayblov eʼlon qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tariqasidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.  Mazkur jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. 

 

Text to speech