25 Fevral 2023 yil 242

Giyohvandlik – jirkanch illat

Dunyo afkor ommasini jiddiy tashvisha solayotgan illatlardan biri bu giyohvandlikdir. Bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan giyohvandlik moddalari va narkotik vositalarning salbiy oqibatlari, javobgarligi borasida olib borilayotgan keng qamrovli tadbirlar, targ‘ibot va tushuntirish ishlariga qaramay ayrim shaxslar mo‘may daromad ilinjida zahri qotilni saqlash va o‘tkazishdan tiyilmayapti. Jumladan, Shahrisabz shahar IIB tezkor  xodimlari tomonidan 2023 yil 16 fevral kuni soat 15:00larda o‘tkazilgan tadbirda  yana bir og‘u shaydosining siri fosh bo‘ldi.

Shahrisabz shahar “Teparlik” MFYda yashovchi nafaqaxo‘r P.I.ning savdo do‘koni ko‘zdan kechirilganda yelim idishda marixuana giyohvandlik moddasi topildi. Marixuananing sof og‘irligi 3,2 gramm chiqdi.

Ayni kezlarda Shahrisabz shahar IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Text to speech