14 Fevral 2022 yil 594

Giyohvandlik insoniyatni tanazzul sari yetaklovchi eng jirkanch illat

Giyohvandlik insoniyatni tanazzul sari yetaklovchi eng jirkanch illat. Narkotik moddalarning salbiy oqibatlari toʼgʼrisida fuqarolar va yoshlarning tushunchalarini boyitish hamda ularda giyohvandlikka qarshi murosasizlik hissini yanada kuchaytirish bugungi kunning dolzarb masalasi. Shu munosabat bilan viloyat “Yoshlar markazi”da joriy yilning 1 fevral kunidan 1 mart kuniga qadar viloyat hududida manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Yoshlar orasida giyohvandlik va OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish” kompleks profilaktik tadbiri”ni oʼtkazish boʼyicha yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda Oʼzbekiston Respublikasi Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʼyicha milliy markazi, Ichki ishlar vazirligi, viloyat hokimligi va viloyat IIB hamda oliy taʼlim muassasalari masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Yigʼilishda tadbirni namunali tashkil etish, yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishini oldini olish va bu illatga qarshi kurash eng dolzarb masalalardan biri ekanligi taʼkidlandi. Tadbirda oylikni keng qamrovda olib borish, tadbirlarga mutaxassislarni jalb etgan holda giyohvandlikning salbiy oqibatlari xususida ochiq davra suhbatlari tashkil etish xususida soʼz yuritildi.
Tadbir rejasiga koʼra, ichki ishlar organlari xodimlari manfaatdor idora va tashkilotlar bilan tadbir doirasida vohaning barcha shahar va tumanlarida yoshlar ishtirokida “Yoshlar - giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida uchrashuvlar tashkil etib, yuzasidan aniq manzilli dastur asosida targʼibot ishlari amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari vohada fuqarolar tomonidan giyohvandlik moddalarini ekish, saqlash va sotish kabi jinoyatlarini aniqlash hamda qonunlarda belgilangan javobgarlik borasida targʼibot ishlarini olib borish masalalari ham eʼtibordan chetda qolmayapti.

Text to speech